Milliy mahsulot va brendlar xalqaro «marketpleys»larda keng targ‘ib qilinadi
Mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro «marketpleys»larda targ‘ib qilish, joylashtirish va reklama qilish bo‘yicha «Made in Uzbekistan» dasturi amalga oshiriladi.
Bu haqda Prezidentning joriy yil 16-yanvardagi PF-6-son farmonida belgilab qo‘yildi.
Farmonga ko‘ra, 2025–2027 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4 milliard AQSh dollariga, 2026-yilda 5 milliard AQSh dollariga va 2027-yilda 7 milliard AQSh dollariga yetkazish;
- AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million AQSh dollariga yetkazish;
- ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali jami eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini 70 foizga yetkazish;
- ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida 5 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilish.
To‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida belgilangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.
«Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ huzurida faktoring tashkiloti tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter