Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-martdagi 202-son qaroriga muvofiq, milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:

— haydovchining imtihon varaqasi;
— milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
— tibbiy ma’lumotnoma;
— transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya’ni, 2020-yil 31-dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring