Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mas’ullarga dori narxlari bilan bog‘liq deputatlik so‘rovi yuborildi

Mas’ullarga dori narxlari bilan bog‘liq deputatlik so‘rovi yuborildi

Dori vositalarining narxini tartibga solish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

«Adolat» SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda partiya ekspertlari dorixonalarda sotilayotgan ayrim dori vositalarining narxlari qimmatligi masalasi hamda bu iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu masala joriy yilning sentyabr — noyabr oylarida partiya tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida aksariyat dorixonalarda sotilayotgan tarkibi va xususiyati jihatdan bir xil bo‘lgan xorijiy va mahalliy dori vositalarining narxlari o‘rtasida katta tafovut borligi hamda o‘zimizning ayrim mahalliy mahsulotlar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlangan.

Natijada partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda partiya ekspertlari ishtirokida mazkur masala muhokama qilinib, mas’ul idoralardan aholining dori bozoridagi narxlar tafovuti bo‘yicha haqli noroziliklariga nisbatan munosabat bildirishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring