Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasanachilarni ishga olgan tadbirkorlarga ijara to‘lovidan imtiyoz beriladi

Kasanachilarni ishga olgan tadbirkorlarga ijara to‘lovidan imtiyoz beriladi

2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga o‘ttiz nafardan ortiq kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki ob’yektlarini istisno tariqasida elektron savdolarni o‘tkazmasdan ijara to‘lovlarini 50 foizga kamaytirgan holda ijaraga berish rejalashtirilmoqda.

Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Bunda davlat mulki ob’yektining imtiyoz qo‘llaniladigan eng ko‘p maydoni quyidagicha belgilanadi:

  • Toshkent shahrida – 220 kv. metr;
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida – 240 kv. metr;
  • tuman markazlarida – 260 kv. metr;
  • boshqa hududlarda – 280 kv. metr.

Mazkur imtiyoz o‘ttiz nafardan ortiq kasanachilar jalb qilingan davrga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hamda boshqa hududlar bo‘yicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan ob’yektlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring