Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Yashil makon» doirasida ekilgan 450 tup daraxt suvsizlikdan qurib qoldi

Jizzaxda «Yashil makon» doirasida ekilgan 450 tup daraxt suvsizlikdan qurib qoldi

Jizzax viloyatining Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan «Fidokor» MFY hududiga «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko‘chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolgan.

Bu bilan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 4, 24, 32-moddalari talablari buzilganligi bois, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari,  ya’ni 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Ko‘chat va daraxtlarni quritib qo‘yganlik holati bo‘yicha o‘rganishlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring