Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda qaynonasini urgan kelinga nisbatan «ish» ochildi

Jizzaxda qaynonasini urgan kelinga nisbatan «ish» ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Baxmal tumanida qaynonasini urib unga tan jarohati yetkazgan kelin haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, holat tumanning Nurobod mahallasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mahallada yashovchi O‘.S. qaynonasi L.O‘.ga tan jarohatlari yetkazgan va oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan gumon qilinuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring