Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda fuqaroga AQShni va’da qilib, JARga jo‘natib yuborgan shaxs ushlandi

Jizzaxda fuqaroga AQShni va’da qilib, JARga jo‘natib yuborgan shaxs ushlandi

Jizzaxda mijozini katta pul evaziga AQShga yuborishini aytib, uni Janubiy Afrika Respublikasiga yuborgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahrining Xayrobod mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li M.T.ni Sharof Rashidov tumanida yashovchi A.Ya. AQShga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSh dollari olgani, lekin farzandini JARga jo‘natganini bildirgan.

Shuningdek, arizachi o‘g‘li M.T. JARda chorasiz qolib ketgani, A.Ya. vaziyatni o‘nglash uchun o‘zidan yana 6 ming 700 AQSh dollari talab qilayotganini bayon etgan.

Mazkur murojaat asosida huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, murojaatchi I.M.dan 6 ming 700 AQSh dollarini olgan A.Ya. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring