Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda 1,6 ming iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Jizzaxda 1,6 ming iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Bugun soat 8:40 da tarmoqda kuzatilgan nosozlik tufayli Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Forish tumanlarida taxminan 1,6 mingta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qoldi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bu shamol va qor ta’sirida 6-10 kVt. li 5 ta elektr uzatish tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, hozirda noqulay ob-havo (kuchli shamol va qor) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring