Jamshid Qo‘chqorov: «Men moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib, 4 ming so‘mdan dollar ololmaganman»

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
«Asosiy muammo — tarozining toshi to‘g‘ri qo‘yilmaganida. Bozor iqtisodiyotining vazifasi esa to‘g‘ri qo‘yish.
Ko‘pchilik eslasa kerak, bir paytlar dollarning ikki xil narxi bor edi. Konvertatsiya yo‘q payti kimlardir dollarni 4 mingdan olardi, kimdir esa 8 ming so‘mdan Oloy bozoridan olardi. Men, masalan, moliya vaziri o‘rinbosari bo‘la turib, ololmaganman to‘rt mingdan. Demakki, kimdir tarozini noto‘g‘ri qo‘ygan edi», — deb aytdi Qo‘chqorov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter