Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo shifoxonasida bemorlar kislorod yetishmasligidan vafot etyapti

G‘azo shifoxonasida bemorlar kislorod yetishmasligidan vafot etyapti

G‘azo sektoridagi «Ash-Shifa» kasalonasi jonlantirish bo‘limida bo‘lgan 5 nafar bemor kislorod yetishmasligidan vafot etdi. Bu haqda  Al Hadath telekanali mintaqa sog‘liqni saqlash vaziriga tayanib xabar bermoqda.

Uning aytishicha, bundan tashqari 40 kishi kasalxonani tark etmoqchi bo‘lgan vaqtda hujumga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin JSST rahbari G‘azo sektoridagi «Ash-Shifa» kasalxonasidagi vakili bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq Eronning Tasnim agentligi «Ash-Shifa» kasalxonasi elektr ta’minotidan butunlay uzilgani, Isroil havo kuchlari esa uning atrofini ommaviy o‘qqa tutayotgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring