«G‘alaba bog‘i» va unga tutash muzey qisqa muddatga yopildi
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyi qisqa muddatga yopildi.
Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu shu yilning 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
Shu munosabat bilan 20-maydan boshlab yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi muzeyga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter