Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bolalar bog‘chasida o‘g‘rilik qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada bolalar bog‘chasida o‘g‘rilik qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Oltariq tumani bolalar bog‘chasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, televizor va  «Wi-Fi Router» qurilmasini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumani. Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 20 yanvar kuni noma’lum shaxs X.Olimjon mahalla hududida joylashgan bolalar bog‘chasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jami narxi 3.000.000 so‘mlik 1 dona televizorini va «Wi-Fi Router» qurilmasini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.S va S.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring