Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish tartibi belgilandi

Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish tartibi belgilandi

Hukumatning joriy yil 27-dekabrdagi 892-son qarori bilan «Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom  tasdiqlandi.

Nizom faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambag‘al oila farzandlariga ta’lim olishlari uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.

Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan kambag‘al oila olti oy muddatga biriktiriladi.

Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

«Nuroniy» jamg‘armasi va tanlab olingan faol nuroniylar o‘rtasida faol nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi.

Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ularning roziligiga ko‘ra bank plastik kartalariga to‘lab beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring