Evropaning yana 4 ta davlati Falastin mustaqilligini tan olishi mumkin
Belgiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Sloveniya tez orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi mumkin. Bu haqda TASS agentligi Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hafiz Novfalga tayanib ma’lum qildi.
«Biz shu kunlarda Sloveniyadan, yaqin kelajakda esa Lyuksemburgdan bunday qarorni kutyapmiz. Shuningdek, Belgiya va Portugaliyadan ham.
Yevropaliklar bu borada nimadir xato ketayotganini anglab yetmoqda. Ular Isroil nega Ikkinchi jahon urushi va Xolokostdan keyin bu ishni takrorlayotgani haqidagi savollarni berishni boshladilar», – deydi elchi.
Mavzuga doir: Bugun Yevropaning uchta davlati Falastinni rasman tan olganini e’lon qiladi – Politico
Tanjug axborot agentligiga ko‘ra, Sloveniya hukumati payshanba kuni Falastin davlatini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shundan so‘ng qaror yakuniy tasdiqlash uchun parlamentga yuboriladi.
Ma’lumot uchun, bugun, 28-may kuni Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin mustaqilligini rasman tan olganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter