Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on IHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Erdo‘g‘on IHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun 8-noyabr kuni Toshkentga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur sammit doirasida bugun Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

IHT samitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar ham Toshkentga yetib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring