Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Energetika sohasida erkin bozorga o‘tishimiz shart» – Prezident

 «Energetika sohasida erkin bozorga o‘tishimiz shart» – Prezident

Oliy Majlisga murojaatda Prezident Mirziyoyev energetika sohasi bo‘yicha muammolarga to‘xtaldi.

«Ochiq aytish kerak, ko‘p iqtisodchilar energetika sohasida erkin bozorga o‘tishni taklif qilmoqda. Bu – to‘g‘ri yo‘l. Men ham buni xohlayman.

Lekin, xalqimizning jon boshiga daromadi, ijtimoiy himoyasini o‘ylab, bu sohadagi islohotlarni shoshmasdan, bosqichma-bosqich qilishimiz kerak.

Eng muhim masala – energiya resurslaridan samarali foydalanish. Afsuski, iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa davlatlardan 2 barobar yuqori.

Shuning uchun, energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini qabul qilamiz. Energetika sohasida erkin bozorga o‘tishimiz shart. Agar erkin bozorga o‘tmasak, bizga investor kelmaydi», – deydi Prezident.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring