Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energiyasiga hisoblagich orqali cheklov kiritiladi: vazirlik tushuntirish berdi

Elektr energiyasiga hisoblagich orqali cheklov kiritiladi: vazirlik tushuntirish berdi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 294-sonli qarori bilan 2018-yil 12-yanvar kuni qabul qilingan 22-sonli qarorga qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan iste’mol qilinadigan elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida maishiy iste’molchilarning elektr energiyasi iste’moli yuklama orqali chegaralanadi.

Bunda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan hamda joylashgan hududidan kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kVt (10 000 – 15000 Vt) quvvat doirasida cheklov kiritiladi.

Energetika vazirligi bergan izohga ko‘ra, bunday chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida zarurat yuzasidan qo‘llaniladi. Ya’ni, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan hamda joylashgan hududidan kelib chiqqan holda, hisoblagich orqali 10-15 kVt quvvat doirasida cheklov kiritiladi.

Bu joriy yil qish va yoz oylarida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti kabi vaziyatlardagina ma’lum bir vaqt oralig‘ida elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklamalar tushishini oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring