O‘zbekiston delegatsiyasi Erdo‘g‘onning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi

Shu yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rejep Toyyip Erdo‘g‘onning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani ma’lum qilingandi. Saylov natijalariga ko‘ra, Erdo‘g‘on 52,5 foiz ovoz bilan 1-turning o‘zida g‘olib bo‘lgandi.
24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qilib, saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter