Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Hukumatning joriy yil 2-sentyabrdagi tegishli qarori bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.
Suv havzasi (yer uchastkasi) kamida 10 yil muddatga, qo‘shimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali shartnoma asosida ijaraga beriladi.
Suv havzalarini ijaraga olgan tadbirkor ulardan baliqni saoat usulida yetishtirish hamda plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va va suv sayohat xizmatini ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadlarida foydalanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter