«Chimyon»da adashib qolgan ikki nafar fuqaro qutqarildi
Kecha, 6 may kuni «Chimyon» tog‘i-tizmasiga dam olish uchun chiqib, adashib qolgan ikki nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan topildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 may kuni soat 12:09 da Toshkent viloyati FVBga ikki nafar fuqaro «Chimyon» tog‘lariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVVning «Chimyon» yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar «Katta Chimyon» tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi «Oqsoy» hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sog‘-salomat olib tushildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter