Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda kesilgan 58 tup daraxtning badali to‘landi – Bosh prokuratura

Chilonzorda kesilgan 58 tup daraxtning badali to‘landi – Bosh prokuratura

Joriy yilning 7-sentyabr Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida daraxtlarni noqonuniy kesilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Unda «DREAM HOUSE STROY» MChJga tegishli yer maydonida 58 dona daraxtlar yo‘q qilingani va natijada o‘simlik dunyosiga jami 797,7 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aytilgan edi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Chilonzor tumanidagi hududda quruvchi tashkilot tomonidan 58 tup har xil turdagi daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga yetkazilgan 797,7 mln. so‘m zarar quruvchi tashkilot rahbari tomonidan to‘liq qoplandi.

Shuningdek, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring