Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda maktab direktori sudlandi

Buxoroda maktab direktori sudlandi

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori ikki nafar o‘qituvchiga Davlat attestatsiya imtihonidan o‘tkazib berishni va’da qilib, jami 27 million so‘mga yaqin miqdorda pora undirgan va ularni o‘z ehtiyojlariga sarflagan. Sud hukmi bilan maktab direktori 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolandi. Bu haqda «Xabar.uz» ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi sudyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, maktab direktori S.I. G‘ijduvon tumanidagi 61-sonli Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelayotgan fuqaro N.O‘.dan hamda  5-sonli Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi S.A.dan ularni davlat attestatsiya imtihonidan o‘tkazib berish va’dasi bilan salkam 27 million so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida olib, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgan.

S.D. o‘z xizmat lavozimidan foydalanishni davom ettirgan holda uning qabuliga kelgan fuqaro F.T.ni xususiy institutdan Buxoro Davlat universitetiga ko‘chirishni va’da berib, evaziga 2.000 AQSh dollari talab qilgan. F.T. esa buncha miqdorda iqtisodiy sharoiti yo‘qligini, «xizmati» evaziga unga 1500 AQSh dollari bera olishini mumkinligini bildirgan. Nafsi hakalak otgan maktab direktori bunga rozi bo‘lgan. U fuqaro F.T. dan kelishilgan pullarni olayotgan paytida Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Avvaliga aybiga iqror bo‘lmagan maktab direktori hatti-harakatlari ochiqlangach, tan olgan va o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v,b” bandlari jazolangan maktab direktoriga nisbatan  sud hukmi o‘qildi. U sud hukmiga ko‘ra, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 2 yilu 6 muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi hamda Jinoyat kodeksining 45-moddasiga (Muayyan huquqdan mahrum qilish) asosan, 2 yil muddatga mansabdorlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi»,-dedi sudya.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring