Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda «birja»ga pul tikkan fuqaro 19 ming dollarga «uxladi»

Buxoroda «birja»ga pul tikkan fuqaro 19 ming dollarga «uxladi»

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro Q.G‘. ga tegishli bank kartasidan 19 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib yuborildi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, A.B.  fuqaro Q.G‘. bilan «Telegram» messenjerida tanishib, «FOREX» elektron birjasida pullarini ko‘paytirib berishini va’da qilib, jami 19 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring