Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir viloyatda bir kunda to‘rtta fohishaxona fosh etildi

Bir viloyatda bir kunda to‘rtta fohishaxona fosh etildi

Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirlar davomida fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Buxoro IIB Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Buxoro shahar «Pridastgir» mahallasida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan M.Z. ismli ayol o‘zi ishlab kelayotgan Buxoro shahar Poyi Ostona ko‘chasida joylashgan «Bilolxo‘ja» nomli uy mehmonxonasida fuqarolar Q.O‘. va Q.I. larning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 200.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona tashkil qilgan.

Ikkinchi holatda esa Buxoro tumani «Q.Mahmud» mahallasida ro‘yxatda turuvchi 1992-yilda tug‘ilgan Sh.Z. ismli ayol o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida g‘arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida Y.R. ni P.A. bilan jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib berib, buning evaziga 100.000 so‘m olib, fohishaxona tashkil etgan.

Navbatdagi xuddi shunday holatda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ro‘yxatda turib, Buxoro shahar Farog‘iy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda vaqtinchalik yashab kelayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan O.D. ismli ayol fuqarolar R.D. va Q.F. larning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 200.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarni olib, g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona tashkil qilgan.

Shuningdek, Shofirkon tumani «Quyi Chuqurak» mahallasida ro‘yxatda turib, Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda ijarada yashab kelayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan H.D. ismli ayol g‘arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida S.M. va R.M. larni qo‘shmachilik yo‘li bilan topib berib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun joy ajratib berib, 400.000 so‘m olib, fohishaxona tashkil qilgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring