Buxoroda 18 nafar «qochoq» otadan 261 mln so‘mdan ortiq qarz undirildi
Majburiy ijro buyurosining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudiga 2021-yil davomida ko‘rilgan 3 ta jinoyat ishi yuzasidan 20,9 mln so‘mlik va 2022 yilda ko‘rilgan 14 ta jinoyat ishi yuzasidan 56,6 mln so‘mlik aliment qarzdorliklarini undirish yuzasidan ijro varaqlar chiqarilgan.
Tuman sudi tomonidan 2023 yilning o‘tgan oyida 12 nafar shaxsga nisbatan 12 ta jinoyat ishi mazmunan ko‘rilib, 3 nafar shaxsga nisbatan yetkazilgan 38,5 mln so‘mlik zarar qoplattirilgan. Qolgan 9 nafar shaxsga nisbatan esa jazo: 2 nafariga axloq tuzatish ishlari va 7 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, 76,7 mln so‘mlik zarar undirilgan.
«Aliment to‘lovidan qochib yurgan otalarga jazo belgilanishi, ya’ni qamoq jazosini o‘tashi bu ular oldidagi qarzdorlik undirilmaydi, degani emas. Farzandi taqdiriga beparvo va bepisand bunday «qochoq» otalar ham jazoni o‘tashga, ham qarzdorlikni to‘lashga majbur», – deydi MIB vakili.
Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning mos davriga qadar birgina G‘ijduvon tumanining o‘zida 62 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar sudda ko‘rilgan. 43 nafar huquqbuzarga ular tomonidan 874,8 mln so‘mlik aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli ma’muriy qamoq jazosi berilgan. 18 nafar huquqbuzar – «qochoq» otalar tomonidan to‘lanmagan 261,5 mln so‘mlik aliment pullari undirib berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter