Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38° bo‘ladi.

Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring