Bo‘stonliqda bir fuqaro qor ko‘chkisi sabab vafot etdi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududida bir nafar chet el fuqarosi qor ko‘chkisi sabab vafot etdi. Bu haqda FVV ma’lum qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 4-yanvar kuni soat 13:20 larda Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ yonbag‘irlariga dam olish va chang‘i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya Federatsiyasi fuqarosi qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘lgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang‘i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga, taqiqlangan hududlarda chang‘i uchmaslikka va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter