Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: 6 oyda davlat va fuqarolarga yetkazilgan 1,3 trln so‘mlik zarar undirilgan

Bosh prokuratura: 6 oyda davlat va fuqarolarga yetkazilgan 1,3 trln so‘mlik zarar undirilgan

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida Bosh prokuratura hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan hay’at majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qoida va normalarini so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashning dolzarb masalalari birma – bir ko‘rib chiqildi.

Hay’at yig‘ilishida prokuratura organlarining 2023-yil 1-yarim yillik faoliyat yakunlari haqida ham alohida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanishicha, prokuratura organlari tomonidan o‘tgan yarim yilda aniqlangan qonun buzilish holatlari 91 mingdan ortiq nazorat hujjatlarini qo‘llash orqali bartaraf etilgan, 225 ming nafar fuqaroning buzilgan   huquqlari tiklangan.

Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilgan 1,3 trln so‘mlik zararning undirilishi ta’minlangan.

Nazorat faoliyati bilan birgalikda bevosita prokurorlar sa’y – harakati bilan qisqa muddatda 120 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga har tomonlama ko‘mak berilgan, qariyb 157 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab - quvvatlashga oid choralar doirasida 19 316 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, qariyb 18 ming nafarining muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashilgan, natijada 12 469 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishilgan.

Qayd etilishicha, prokuror nazorati tadbirlari o‘laroq, davlat dasturlariga kiritilgan 6 003 ta ob’yektni o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi, 1,4 trln so‘m. mablag‘lar tejalishi, 27,5 mlrd. so‘mlik budjet pullari talon - toroj qilinishining oldi olinishi ta’minlangan.

Yoqilg‘i - energetika sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan 113 mingta reyd tadbirlari davomida, 31 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilib, 327 mlrd so‘m zarar undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring