Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boku xalqaro dengiz savdo portida o‘zbek omborlarini ochish istiqboli muhokama qilindi

Boku xalqaro dengiz savdo portida o‘zbek omborlarini ochish istiqboli muhokama qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiyaning Ozarbayjonga tashrifi doirasida «Boku xalqaro dengiz savdo porti» YoAJ bosh direktori Taleh Ziyadov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Boku xalqaro dengiz savdo portida o‘zbek omborlarini ochish istiqboli muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, tomonlar Boku xalqaro dengiz savdo porti negizida o‘zbek omborlari va konteyner terminallarini ochish istiqbollari hamda yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojlar uchun zarur tovarlarni ikki davlat hududlari orqali o‘zaro tashish masalalarini muhokama qilish uchun Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha Aralash komissiya yig‘ilishini o‘tkazish lozimligi ta’kidlaganlar.

Shuningdek, uchrashuvda transport-logistika aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, konteynerlar tashish va «Ro-Ro» usulida yuklarini dengiz portlari orqali yetkazish hajmini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xalqaro avtomobil transporti to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim imzolangani ham olqishlangan.

Ma’lumot uchun, 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchpashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

Xususan, Ozarbayjon «Alyat» EIZ boshqaruvi raisi Valeh Aleskerov bilan erkin iqtisodiy zonada oziq-ovqat, charm-poyabzal, to‘qimachilik va boshqa yuqori talabga va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, MDH va boshqa qo‘shni davlatlar bozorlariga eksportni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga urg‘u bergan holda sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Boku xalqaro dengiz savdo porti» qurilishi 2010-yil noyabrida boshlangan, 2014-yil sentyabrda esa portdagi inshootlardan biri – parom terminali foydalanishga topshirilgan. 2018-yil yanvarda esa Ro-Ro terminali ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring