Bekobodda ehtiyotsizlik oqibatida 1 yoshli bola uy ichida qulflanib qoldi

Bugun Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida ehtiyotsizlik oqibatida 1 yoshli bola uy ichida qulflanib qoldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.
Ma’lum qilishicha, joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrining Turkiston MFY 55(A)-uy 21-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 1 yoshli bolasi qolib ketganligini bildirib, murojaat qilgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog‘-salomat topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter