Bedarak yo‘qolgan sirdaryolik 17 yoshli o‘quvchi qiz topildi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar o‘quvchi qiz bedarak yo‘qolgani, viloyat IIB uni topishda ko‘maklashganlar 5 million so‘m bilan mukofotlanishi haqida xabar bergan edik.
Yo‘qolgan qiz tezkor xodimlar tomonidan topilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda Xakimova Manzura Bekpolat qizi topilib ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.
«Qidiruvda ko‘mak bergan barcha fuqarolarimizga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o‘zi minnatdorchiligimizni bildiramiz», – deyiladi Matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter