Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA Nukusda 28 million dollarlik shifoxona quryapti

BAA Nukusda 28 million dollarlik shifoxona quryapti

Joriy yil 4-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Diplomatik korpus vakillari tashrif doirasida Nukus shahrida ham bo‘lib, shahardagi eng yirik loyihalardan biri – BAAning 28 million dollarlik granti yordamida amalga oshirilayotgan Ona va bola shifoxonasida ham bo‘ldilar.

«Bu yerda shifoxona haqida ma’lumot oldik. Shifoxona, jumladan perinatal markaz 2023-yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda», – deydi vazir.  

Eslatib o‘tamiz, diplomatlar, jumladan Mo‘ynoqda ham bo‘lishib, u yerda Orolbo‘yida atrof-muhitni tiklash va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasida O‘zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring