Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Luning 4-11-noyabr kunlari aval Qozog‘iston, so‘ng esa O‘zbekiston va Hindistonga safari rejalashtirilgan.

AQSh Davlat departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, Lu Markaziy Osiyodagi AQSh delegatsiyasiga eoriy yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan C5+1 sammiti va oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan C5+1 mintaqaviy aloqalar vazirlari yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida rahbarlik qiladi.

Qayd etilishicha, AQSh Davlat kotibi yordamchisining AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqoti doirasida O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashuvi kutilyapti. Unda ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish va mintaqaviy muammolarni hal qilish yo‘llari hamda xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiyani diversifikatsiya qilish uchun ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi mahalliy fuqarolik jamiyati a’zolari bilan ham uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.

AQSh Davlat departamenti o‘z bayonotida, delegatsiya Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqlashini ham ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Luning O‘zbekistonga avvalgi kelishi ropa-rosa bir yil oldin amalga oshirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring