Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 230 mln dollarga qisqardi

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 230 mln dollarga qisqardi

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 1-may holatiga ko‘ra 35,2 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Spot Markaziy bank sayti ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Zaxira aktivlari hajmi aprel oyi boshiga nisbatan 230 million dollarga kamagan.

Qayd etilishicha, oy davomida regulyatorda naqd xorijiy valyuta va oltin hajmi kamaygan.

Jumladan, valyuta aktivlari 181,4 million dollarga kamayib, 9,93 milliard dollarni tashkil etdi. Ular hajmi Markaziy bank statistik ma’lumotlarni e’lon qila boshlagan so‘nggi besh yil ichida ikkinchi marta shunday past darajaga yetgan. Oxirgi marta ularning hajmi o‘tgan yilning noyabr oyida 10 milliard dollardan pastga tushgan edi.

«O‘zbekiston oltin zaxirasi esa pul bilan ifodalanganda 24,2 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan oyga nisbatan 50 million dollarga kam, ammo baribir eng yuqori qiymatga yaqin», – deb yozmoqda nashr.

Zaxiradagi oltinning tonnaji ham biroz pasayib, 12,2 million troya unsiyasini (379,46 tonna) tashkil etdi. Aprel oyi davomida jahon birjalarida qimmatbaho metallning narxi bir unsiya uchun 2000 dollar atrofida o‘zgarib turdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring