Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrendagi benzin Dukentsoyga oqib tushgan. Holatga huquqiy baho beriladi — Ekoqo‘mita

Angrendagi benzin Dukentsoyga oqib tushgan. Holatga huquqiy baho beriladi — Ekoqo‘mita

10-dekabr, shanba kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi neft bazasida avariyaviy holat kelib chiqqani ortidan 11,5 tonna neft mahsuloti (AI-80 benzin)ning oqib ketgani xabar qilingan edi. 

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat joyiga chiqib o‘rganilgani va tabiatga yetkazilgan zarar summasi hisob-kitob qilinayotgani haqida ma’lum qildi.

«Neft mahsulotlarini saqlash ombori ekologik xavfliligi bo‘yicha 1-toifali ob’yekt hisoblanib, korxonaga berilgan davlat ekologik ekspertiza xulosasiga ko‘ra neft saqlash sig‘imlari joylashgan hududda avariya holatlarini inobatga olgan holda hovuzlar tashkil etilishi lozim.

Korxonadagi mavjud hovuzlar belgilangan talab darajasida emasligi natijasida neft mahsulotlari mahalliy ariq orqali Dukentsoy suv havzasiga sizib chiqqan», – deyiladi Ekoqo‘mita munosabatida.

Qayd etilishicha, hozirda neft bilan ifloslangan suv havzasidan olingan tahlil namunalari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.

Tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar esa huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring