Angrenda ish kuni uzayganidan norozi qizlar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida bir guruh qizlar yo‘lni to‘sib olib, norozilik uyushtirayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni «Sungreen tex» chet el korxonasi MChJ ishchi-xodimlaridan bir guruhi besh kunlik ish tartibi olti kunga uzaytirilishidan norozi bo‘lib, Ohangaron ko‘chasida yo‘lni to‘sish bilan bog‘liq harakat qilishgan.
Hokimlikning yozishicha, shuni kuni shahar hokimi boshchiligida sektorlar rahbarlari va mutasaddilar voqea joyiga yetib kelishgan. Ular ishchi-xodimlarning e’tirozini tinglab, korxona rahbariyatiga murojaat qilishgan.
Shahar hokimi va sektorlar rahbarlari korxona ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro muloqotlar ishchi-xodimlarning foydasiga hal bo‘lgan.
«Bugungi kunda korxonada 747 nafar ishchi-xodim qulay mehnat sharoitlarida, besh kunlik ish tartibi asosida faoliyat yuritayapti», – deyiladi hokimlik munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter