Andijon davlat tibbiyot instituti mas’ullari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi
Oldinroq Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Hay’at yig‘ilishida Andijon davlat tibbiyot institutidagi korrupsion holatlar tanqid ostiga olinib, oliy o‘quv yurti mas’ullariga bu borada jiddiy e’tirozlar bildirildi.
Yakunda institut bosh hisobchisi A.Raxmonov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.Nazarova, Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i A.Axmedova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i X.Aliyev, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q.Yusupovlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, o‘z faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, institut rektori M.Madazimovni korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qat’iyatsizlik ko‘rsatgani va korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif tayyorlash belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter