Bolalarga Aliment to‘lovlari jamg‘armasidan aliment to‘lash tartibi belgilandi
Joriy yil 3-avgustdagi Hukumat qarori bilan Alimet to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryo‘la undiruvchiga to‘lab berishga) yo‘naltiriladi.
Aliment to‘lovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qarori asos bo‘lib hisoblanadi.
Aliment to‘lovlari qaror olingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari aliment to‘lovlarini qoplab berish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, aliment to‘lovlari mablag‘lar kelib tushgan kundan boshlab qoplanadi.
Davlat ijrochisi jamg‘armadan qoplangan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdordan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshiradi.
Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter