Afrikadan O‘zbekistonga yuborilgan banan solingan idishdan 50 kg kokain topildi
Sankt-Peterburg bojxonachilari Afrikadan O‘zbekistonga yuborilgan banan partiasi ichidan 50 kg kokain topdi. Bu haqda Federal bojxona xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvand moddalar Gavon bojxona postida topilgan. Hujjatlarga ko‘ra, banan solingan konteyner Afrika qit’asidan Yevropa orqali O‘zbekistonga turli kemalar orqali jo‘natilgan.
Topilgan kokainlarning qora bozordagi taxminiy qiymati 450 million rubldan (taxminan 5 million dollar) oshadi.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (narkotik moddalar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdor shaxs umrbod qamoq jazosi bilan 11 500 dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter