Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston fuqarosi noqonuniy viza rasmiylashtirib berishi uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

Afg‘oniston fuqarosi noqonuniy viza rasmiylashtirib berishi uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

Termizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Afg‘oniston fuqarosi pora evaziga noqonuniy viza rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 21 dekabr kuni Termiz shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Afg‘oniston fuqarosi D.S. Termiz shahrida yashab turgan, 2005 yilda tug‘ilgan farzandi D.A.ning 5-6 oy vizasiz O‘zbekiston hududida yashab turishi yoki viza rasmiylashtirib berishi uchun Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimiga 800 dollar pul taklif qilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimining bildirgisiga asosan 2023 yil 23 dekabr kuni IIV Shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha Surxondaryo viloyati boshqarmasi, DXX viloyati boshqarmasi hamda prokuratura departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Afg‘oniston fuqarosi D.S. 800 dollarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring