Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov elchi Guseyn Guliyev orqali Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov elchi Guseyn Guliyev orqali Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Bugun, 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Guseyn Guliyev orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi.

Avvalroq, Bosh vazir Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovga Oqtau aeroporti yaqinida «Azerbaijan Airlines» aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani va odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring