Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 3 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi.

Mazkur, 38 yoshli Babayans Robert Vladimirovich ism-sharifli shaxs bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston IIV tomonidan 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Ayni paytda u Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida yashirinishga urinish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilayotgani va Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam tadbirlari doirasida bu kabi shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qibni amalga oshirish ishari olib borilayotgani xabar qilingan edi.

Jumladan, birgina 2024-yilning 10 oyida javobgarlikdan qutulish maqsadida yillar davomida qardosh davlat hududida yashirinib yurgan 37 nafar ayblanuvchilar qo‘lga olinib, odil sudlov hukmiga havola etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring