2023-yilda «qo‘llash mumkin bo‘lmagan» 6 mingdan ortiq dorilar savdodan olingan
Joriy yilda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish yuzasidan 1 671 ta murojaat kelib tushdi.
SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra esa:
- 6 304 turdagi 1 334 598 o‘ram dori vositalarining tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi;
- 2 288 turdagi 542 709 o‘ram dori vositalarining muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi;
- 241 turdagi 11 747 o‘ram dori vositalari yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha nomuvofiqligi;
- 152 turdagi 1 278 o‘ram dori vositalari yaroqlilik muddati o‘tganligi;
- 68 turdagi 7 029 o‘ram dori vositalarining qalbakilashtirilganligi aniqlanganligi to‘g‘risida ekspertiza xulosalari berilgan.
Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter