1 mlrd so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida «R.U.» xususiy korxonasi rahbari T.A. korxona oshxonasida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 416,3 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi.
Xuddi shunday holat Karmana tumanida ham kuzatildi. Departamentning ushbu tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda I.Z. fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 490,3 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ravishda ishlatgani aniqlandi.
Bundan tashqari, Departamentning Chilonzor tumani va Jizzax shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida «D.L.», «V.B.» hamda «Z.F.» MChJ rahbarlari savdo do‘koni va dorixonada elektr tarmoqlariga hisoblagichni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, umumiy hisobda 253,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter