1 AQSh dollari o‘zbek so‘miga nisbatan qariyb 8 foizga kimmatlagan – O‘zRVB
Respublika valyuta birjasi 2023-yilning yanvar-avgust oylari bo‘yicha valyuta bozori sharhini e’lon qildi.
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi yakunlariga ko‘ra, valyuta bozorida savdolarning umumiy hajmi 296,45 trln so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 44,7 foiz), valyuta bozori bitimlari ulushi esa umumiy savdo hajmining 43,73 foizini tashkil etgan.
Hisobot davrining so‘nggi savdo kunidagi «AQSh dollari/o‘zbek so‘mi» valyuta juftligi bo‘yicha almashuv kursi 12 102 so‘mni tashkil etib, yil boshidagi ko‘rsatkichga (11 246,81 so‘m) nisbatan o‘zgarish 7,60 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter