Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchilar uyushmasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Yozuvchilar uyushmasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Yoshlik jurnali.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farida Afro‘z uyushma raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda uyushma matbuot xizmati ma’lumot berdi. 

Bugun shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari hamda uyushma jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan. 

Farida Afro‘z (Bo‘tayeva Farida) – 1956-yil 5- martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1994-yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Uning «Qirqkokilligim», «Iztirob ko‘ylagi», «Tunlar isyoni», «Ko‘zim manim…», «Qurbonjon dodxoh» tarixiy dramasi, «O‘zimdan o‘zimgacha», «Poka yest na zemle razluka…», «Ot Faridi Afruz» (Moskva), «Gun aydin» (Istambul), «Ushshoq», singari she’riy to‘plamlari chop etilgan. She’rlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uyg‘ur, ozor, gagouz, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan.

O‘z navbatida shoira jahon adabiyotidan yapon haykularini, turk she’riyatidan Mustafo Otaturk, Ziyo Ko‘kalp, Husayn Otsiz, Dog‘larja, Ismat O‘zal she’rlarini, fors she’riyatidan Mehri Hirotiy hamda zamonaviy fors she’riyatidan Zahro Abul Husayniy, Sudoba, Soya Kabiriy g‘azallarini, zamonaviy qozoq va qoraqalpoq she’riyatidan va amerikalik ruhshunos Deyl Karnegi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring