Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar turizm assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Yoshlar turizm assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari Yoshlar turizm assotsiatsiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqishdi. Bugun universitet binosida ushbu tashabbus taqdimoti o‘tkazildi.

Assotsiatsiya yoshlar o‘rtasida turizmni targ‘ib qilish, qiziqarli yo‘nalishlar bilan tanishtirish va hamyonbop xizmat turlarini taklif etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Assotsiatsiyaning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjud bo‘ladi va diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirib boriladi.

E’tiborli tomoni, tashabbuskor yoshlar yurtimizning turistik potensialini xalqaro maydonda targ‘ib etib borishni maqsad qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring