Turizm haqidagi kinolarga imtiyozlar berishmoqchi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Mamlakatda kinoturizmni jadallashtirilgan rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan xorijiy kompaniyalarga O‘zbekiston hududida audivizual mahsulotlarni yaratishda xarajatlar qismini (“rebate”) kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar tomonidan mamlakat hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizigacha miqdorda, biroq mahsulot birligining 300 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorida kompensatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, davlat mulki ob’yektlari, moddiy madaniy meros va qo‘riqlanadigan tabiat hududlari xorijiy kinokompaniyalarga bevosita shartnomalar bo‘yicha qisqa muddatli ijaraga beriladi. Ijaradan tushgan mablag‘larning 60 foizi mukldorlarga, 40 foizi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter