Shov-shuvga sabab bo‘lgan 45-uy madaniy meros sifatida tan olindi — endi uni buzish jinoiy javobgarlikdir
Internet nashrlarda ko‘plab baxs va munozaralarga sabab bo‘lgan, Toshkent shahar, Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan turar joy binosi «Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moddiy madaniy meros ob’yektlarini davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2019 yil 28 iyundagi 400-sonli buyrug‘iga asosan moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga mahalliy ahamiyatdagi arxitektura yodgorligi sifatida kiritildi.
Buyruqqa ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan madaniy meros departamenti, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari davlat hisobini yuritish bo‘limiga belgilangan tartibda olimlar, ekspertlar va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur manzildagi ob’yekt haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, uning tarixiy-madaniy qiymati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash, chuqur tekshirish, ilmiy o‘rganish va boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni izchil davom ettirishiga ko‘rsatma berilgan.
Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga kiritilgan ob’yekt «Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun bilan muhofaza etiladi. Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Toshkent shahar hokimligiga Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tomonidan 2019 yil 13 fevraldagi 01-01/137-sonli, Toshkent shahar, Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan turar joy binosi tarixiy-madaniy qiymatga ega deb topilib madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga kiritilsa, mazkur ob’yektni qasddan buzish jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi hamda uning atrofidagi shaharsozlik qurilish ishlari cheklanishi yuzasidan xat taqdim etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter