Ozodbek Nazarbekov «grim operatsiyasi» haqida: «Bu hol vazirlik uchun uyatli»
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida videokonfrensiya o‘tkazilmoqda. Unda vazir yaqinda Bosh prokuror tomonidan oshkor qilingan «grim operatsiyasi» haqidagi savolga javob berdi:
— Avvalo shuni aytish kerakki, bu hol vazirlik uchun uyatli.
Afsuski, men bu voqeadan jinoyat ishi ochilgandan so‘ng xabar topdim. Ya’ni tender vaqtida qatnashmaganman.
Bilasizmi, firma tomonidan vazirlikka namuna tarzida toza grimm ko‘rsatilgan. Lekin teatrlarga oddiy mahsulot yetkazilgan.
Shundan so‘ng teatr xodimlari bizga shikoyat qilishganidan so‘ng jinoyat ishi ochildi, — dedi madaniyat vaziri.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam o‘g‘irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab chiqqan I. 2019-yil fevral oyida Madaniyat vazirligi bosh hisobchisi lavozimiga tayinlangan va u jinoiy sxema tuzib, 12 mlrd. so‘m budjet mablag‘ini o‘margan.
Ozodbek Nazarbekov 2020-yilning yanvarida Madaniyat vaziri etib tayinlangan. Bungacha u salkam ikki yarim yil davomida vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter